Янгиликлар
“НUDUDGAZ SAMARQAND” GAZ TA’MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI
05.08.2021 - 17:18Ijtimoiy tarmoqlarda “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali mas‘ul xodimi L.X. viloyat hokimi E.Turdimov o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ishdan olingan edi. Ammo u bugungi kungacha filialda ishlab kelmoqda. Shu kabi mas’uliyatsiz xodimlar aybi bilan iyul oyida ham gaz to‘ldirish shoxobchamizga tayinli suyultirilgan gaz berilmadi. Hamma gaz to‘ldirish shoxobchalarining fondi bir xil bo‘lsa-da, suyultirilgan gaz nomutanosib taqsimlanmoqda.
Qo‘shrabot tumanida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi
04.08.2021 - 10:10Qo‘shrabot tumani "Buloqboshi" qishlog‘ida yuqori bosimli gaz quvurida favqulodda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini oldini olish, xususan, yuqori bosimli gaz taqsimlash shoxobchasida gaz sizib chiqqanda hamda baxtsiz xodisalar sodir bo‘lganda muammoni bartaraf etish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
Unda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda to‘g‘ri harakat qilish, qutqaruv ishlarini olib borish bo‘yicha ishchi xodimlarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.
✍️“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Еълонлар
"Yangiqo'rg'on " gaz taqsimlash stansiyasidan chiquvchi yuqori bosimli gaz quvurida avariya holati sodir bo‘lganligi sababli Payariq tumanida Chelak hududidagi ayrim mahallalarga vaqtgacha tabiiy gaz yetkazib berish to‘xtatilganligini ma’lum qilamiz.