SAYYOR QABUL
11.08.2021 - 20:31“Hududgaz Samarqand” gaz ta‘minoti filiali rahbari Ansor Muhammadiyev tomonidan Bulung‘ur tumanida yashovchi tabiiy va suyultirilgan gaz iste‘molchilari uchun uyushtirilgan sayyor qabulda fuqarolardan 50 ta murojaat kelib tushdi.Murojaatchilarning aksariyati suyultirilgan gaz ta'minoti bilan bog'liq muammolarini bayon qilishdi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo'lsa, ayrimlarini o'rganish uchun mas'ullarga topshiriqlar berildi.Tadbirda Filial rahbari barcha murojaatlarni o'z nazoratiga olganligini bildirdi.