“YANGI O‘ZBЕKISTON” MASSIVLARINI GAZLASHTIRISH UCHUN 8,5 KM GAZ TARMOG‘I TORTILISHI RЕJALASHTIRILGAN

 doc xls

Keyingi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi gaz xo‘jaligida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, oxirgi 6 yilda Samarqand viloyat aholisining tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ulkan loyihalar amalga oshirildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9-dekabrdagi PF-32-sonli Farmoniga asosan, joriy yilda Urgut tumani Mergancha hududida va Bulung‘ur tumani G‘ubdin hududida “Yangi O‘zbekiston” massivlarini gazlashtirish uchun 8,56 km gaz tarmog‘i tortish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda Urgut tumanidagi massivda rejaning 1,5 km qismida qurilish montaj ishlari tugallandi.Ayni paytda hududda ishlar qizg‘in davom etmoqda.

“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

 

2015-2022 © Maked by: SAKTRM