ENЕRGIYA TЕJOVCHI YONDIRGICHLAR O‘RNATIB PULINGIZNI TЕJANG VA XAVFSIZLIGINGIZNI TA’MINLANG

 doc xls

Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kelgusi avlod turmush sharoitini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, tejamkorlik oila budjetiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ortiqcha sarf-xarajatlarning oldi olinadi.
Ayni kunlarda yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan aholi xonadonlarining qozonxonalaridagi (ma’nan eskirgan, qo‘lbola) yondirgichlar (gorelkalar) zamonaviy issiqlikni avtomatik ravishda boshqaruvchi gaz yondirgichlariga almashtirilayotganligi xavfsizlik nuqtai-nazardan ham ahamiyatlidir.
Mutaxassislarning fikricha, ushbu zamonaviy energiya tejamkor gaz yondirgichlar foydalanilgan tabiiy gazni taxminan 25-30 foizga iqtisod qilish orqali oila budjetini ortiqcha xarajatdan xalos etadi.  
Eng muhimi, u xavfsiz bo‘lib, bosim pasayib ko‘tarilishi oqibatida gaz uzatish tarmoqlarida uzulishlar bo‘lganda, avtomatik tarzda o‘chib, gaz o‘tkazishni to‘xtatadi va iste’molchi yoqqandagina qayta yonadi. Zamonaviy energiya tejovchi yondirgichlar, qish oylarida kun davomida qozonxonalari doimiy yonib turadigan fuqarolarning xotirjam ishga borib kelishi, kechalari bamaylixotir uxlashlari uchun eng kerakli uskuna hisoblanib, gazdan xavfsiz foydalanish imkonini beradi.
Bugungi kunda Samarqand viloyatida jami tabiiy gaz yetkazib berilayotgan xonadonlar soni 312 263 tani tashkil etib, shundan 241 170 ta iste’molchi hovli uylarda istiqomat qilishadi. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat bo‘yicha 4039 ta hovli uylaridagi qozonxonalarga zamonaviy xavfsizlik avtomatikasi bilan jihozlangan energiya tejovchi yondirgichlar o‘rnatildi.Tadbir boshdan buyon ularning soni 14 086 taga yetgan.

“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

2015-2021 © Maked by: SAKTRM