DIQQAT MAISHIY GAZ BALLONDAN FOYDALANISH QOIDALARIGA RIOYA QILING!

 doc xls

Aholi turar joylarida suyultirilgan gaz ballonlaridan foydalanishda belgilangan qoidalar mavjud. Ularga rioya qilish gaz bilan bog‘liq turli baxtsiz hodisalarning oldini olishda xizmat qiladi.
- gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalariga asosan, gaz ballonini o‘rnatish uchun loyiha ishlab chiqiladi va joylardagi gaz idoralari bilan kelishiladi. Shundan so‘ng ishlatishga ruxsat beriladi. Agar loyiha bo‘lmasa, gaz ballonidan foydalanish taqiqlanadi;
–gaz plitasi eshik, deraza va elektr rozetkadan 0,5 metr masofada o‘rnatilishi lozim;
– gaz plitasi o‘rnatilgan xonada faqat bir dona gaz ballonidan foydalanish va saqlashga ruxsat etiladi;
– bunda xona ichidagi harorat +45 darajadan oshmasligi, gaz balloni gaz plitasidan kamida 1 metr, isitish radiatorlari yoki pechkalardan kamida 2 metr uzoqlikda va maxsus temir shkaflarda o‘rnatilishi lozim;
– suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilgan ballonlarning tepa qismida tamg‘alash yo‘li bilan uni ishlab chiqargan korxonaning belgisi, ballonning raqami, bo‘sh ballonning haqiqiy og‘irligi, ishlab chiqilgan va qayta sinovdan o‘tkazish muddati (kun, oy, yil), ishchi bosimi (MPa), sinovdan o‘tkazish gidravlik bosimi (MPa), ballonning sig‘imi (litr), texnik nazorat bo‘limining alohida tamg‘asi, sig‘imi 55 litrdan ko‘p bo‘lgan ballonlarda standart raqamlari bo‘lishi shart.
- Foydalanayotgan gaz ballonlaringizda ushbu ko‘rsatkichlardan birortasi mavjud bo‘lmasa, sinash muddati o‘tib ketgan bo‘lsa (besh yil) va boshqa kamchiliklar aniqlanganda ulardan foydalanish taqiqlanadi.
- Uy sharoitida gaz ballonlarini ta’mirlash, payvandlash va boshqa turdagi texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish qat’iyan man etiladi. Gaz ballonlaridan faqatgina belgilangan maqsadlarda foydalanish, ularga talabga javob bermaydigan ulash moslamalarini o‘rnatish, rezina shlanglardan foydalanish taqiqlanadi.
 - Hovlida yoki xonada o‘rnatilgan gaz ballonlarida bosimni pasaytirish moslamasi (reduktor) mavjud bo‘lishi shart va gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalari talablari asosida o‘rnatilib, saqlanishi lozim.
- Gaz ballonlarini asosiy va qo‘shimcha kirish-chiqish yo‘laklari hamda avtomobil o‘tish joylari oldida saqlash aslo mumkin emas. Quyosh nuri tushadigan joylarda turgan gaz ballonlarining usti soyabon yoki bostirma bilan yopilishi shart.
- Gaz ballonlarini suyultirilgan gaz bilan belgilanmagan joyda to‘ldirish qat’iyan man etiladi.
 - Gaz ballonlardan foydalanish qoidalariga amal qilish –xavfsizligingiz kafolatidir.

“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

 

2015-2021 © Maked by: SAKTRM