TABIIY GAZ ISTЕ’MOLCHILARI DIQQATIGA!

“Dahbed-Al Buxoriy” yuqori bosimli gaz quvurining “Bozorjoy” mahallasidan o‘tuvchi qismida gaz sizib chiqish holati aniqlanganligi sababli, avariya tiklash ishlarining olib borilishi munosabati bilan Samarqand shahri Qorasuv massividagi kottejlarga, Oqdaryo tumanidagi Dahbed hududi va Tarraqqiyot mahallasi, Shuningdek, Payariq tumani Al-Buxoriy hududidagi iste’molchilarga vaqtinchalik tabiiy gaz yetkazib berish to‘xtatiladi.
Avariya holati bartaraf etilgach gaz ta’minoti  qayta tiklanadi.

“Hududgaz Samarqand”  gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Image_elon: 
 doc xls
2015-2022 © Maked by: SAKTRM